“Suv – hayot manbai”: ekologik ong va masʼuliyatni oshirishga qaratilgan muloqot
Joriy yilning 18-mart kuni Butunjahon suv resurslari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston milliy universitetida Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda “Suv – hayot manbai” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda senatorlar, Ekologik partiya vakillari, soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, talaba yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Unda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, ichimlik suvi zaxiralarini asrab-avaylash, suv tanqisligining oldini olish, shuningdek, suvni tejashga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, aholining ekologik ongini yuksaltirish, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida suvga nisbatan masʼuliyatli munosabatni shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida suv resurslarini boshqarishda innovatsion yondashuvlar, suvni tejovchi texnologiyalarni keng tatbiq etish hamda mavjud suv manbalarini ifloslanishdan muhofaza qilishga oid maʼruzalar tinglandi. Talaba-yoshlar tomonidan ilgari surilgan fikr va tashabbuslar esa ularning ushbu yoʻnalishdagi faolligi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Ishtirokchilar suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan qator amaliy taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.
Tadbir yakunida ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh talaba yoshlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Taʼkidlanganidek, mazkur eʼtirof yoshlarning ekologik faolligini yanada oshirish, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring