Sut tarkibidagi modda teri regeneratsiyasini tezlashtirishi aniqlandi
Kaliforniya universiteti olimlari sigir sutida topilgan kazein oqsili moddasi yara bitishini tezlashtirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Journal of The Royal Society Interface jurnalida chop etildi.
Kichkina teri shikastlanishi boʻlgan sichqonlar ustida oʻtkazilgan tajribada mualliflar kazeinning yara bitishiga taʼsirini oʻrganishdi. Hayvonlar uch guruhga boʻlingan: birinchi guruhda ular kazeinli bandajlar bilan bogʻlangan; ikkinchisida - oddiy bandajlar bilan; uchinchisida yara umuman davolanmagan. Kazeinli bogʻlam sut oqsili va polikaprolakton birikmasidan iborat edi.
Tadqiqotchilar sichqonlardagi oʻzgarishlarni 3, 7, 10 va 14 kunlarda yaralarni suratga olish, shuningdek ularni mikroskop ostida tekshirish orqali qayd etishdi.
Shikastlanishdan 14 kun oʻtgach, kazein bintlari bilan oʻralgan yaralar anʼanaviy bandaj guruhidagi va davolanmagan guruhdagi yaralarga qaraganda ancha samaraliroq davolandi. Bundan tashqari, kazeinli bandajlar zaharli emasligi isbotlandi va sut oqsili bilan davolangan yaralar atrofida immunitet hujayralarining kamayishi qayd etildi.
Kazein - sut emizuvchilar sutining tarkibidagi oqsil. Kazeinga eng boy sut bu sigirning suti hisoblanadi (uning 80 foizini tashkil qiladi). Bu juda arzon modda, chunki u yogʻsiz sut ishlab chiqarishdan soʻng qolib ketadigan mahsulotdir. Oxirgi tadqiqotlar kazein mikroblarga va yalligʻlanishga qarshi samarali vosita ekanligini koʻrsatdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring