Surunkali COVID-19 nima, u kimlarga xavf soladi?
Surunkali COVID-19 odamda 3 oydan koʻproq vaqt davomida kuchli zaiflik, tanadagi ogʻriqlar, nafas qisilishi va boshqa alomatlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Bu kasallik butun dunyo boʻylab minglab odamlarda kuzatilmoqda. Ushbu bemorlar tuzalganidan bir necha oy oʻtsa-da, sogʻligʻini toʻliq tiklay olishmadi. Surunkali COVID-19 longkovid deyiladi.
Longkovidning oʻtkir bosqichini osonlikcha yoki simptomlarsiz oʻtkazgan yosh va sogʻlom odamlarda ham uchraydi. Surunkali koronavirusning quyidagi alomatlari bor:
— doimiy charchoq;
— mushaklar va tananing turli qismlarida kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan ogʻriqlar;
— chuqur nafas ololmaslik yoki nafas qisilishi;
— diqqat buzilishi;
— piyoda yurishning qiyinlashuvi;
— bosh ogʻrigʻi;
— doimiy uyqusizlik;
— xotira pasayishi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring