Surxondaryoning tumanlariga rahbarlik qilgan ikki hokim qamaldi
Foto: Arxiv surat
Jinoyat ishlari boʻyicha Oltinsoy tuman sudining 2023-yil 4-sentyabrdagi hukmiga muvofiq B. Xudoyberganov (1976-yilda Surxondaryo viloyatida, Shoʻrchi tumani hokimi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlari, 184-1-moddasi (byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) 2-qismi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 2-yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.
Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 7-noyabrdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudi hukmining B. Xudoyberganovga oid qismi oʻzgarishsiz qoldirildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz tuman sudining 2023-yil 7-dekabrdagi hukmiga muvofiq R. Pardayev (1979-yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan, Denov va Qiziriq tumanlari hokimi lavozimlarida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 2-yil 6 oy muddatga davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Hozirgi kunda R. Pardayev va uning himoyachilari tomonidan birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyatsiya tartibida berilgan shikoyati Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasida koʻrish uchun rasmiylashtirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring