Surxondaryolik ayol savdo doʻkonida tanishini doʻpposladi
Jarqoʻrgʻon tumanida 2 avgust kuni soat 13.00larda, tumanning “Markaziy Surxon” mahallasi hududida joylashgan savdo doʻkonida, shu mahallada yashovchi, J.Sayyora, tumanning “Xoʻjaqishloq” mahallasida yashovchi, S.Muhabbatni oʻzaro janjallashishi oqibatida qoʻli bilan duch kelgan joylariga urib, “oʻrtacha ogʻirlikda”gi shikast yetkazgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma'lum qildi.
14 avgust kuni J.Sayyoraga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring