Surxondaryoda yana bir yangi loyiha
Shoʻrchi tumanidagi “Obodon” mahallasida kooperatsiya usulida banan yetishtirish loyihasiga kirishildi. Yangi agrar loyiha 6 gektar maydonda amalga oshiriladi va 100 taga yaqin ish oʻrni yaratiladi.
Qiymati 8,3 milliard soʻm boʻlgan loyiha doirasida zamonaviy issiqxonalar tashkil etilib, yil davomida uch marta hosil olinishi natijasida 550 tonnagacha banan yetishtirish koʻzda tutilgan. Bu esa nafaqat mahalliy bozorni ushbu tropik meva bilan taʼminlash, balki eksportga ham yoʻnaltirish imkonini beradi.
Taʼkidlash joiz, shu kabi innovatsion yondashuvlar surxondaryolik mirishkorlar tomonidan iqlim va tuproq sharoitidan unumli foydalanishda yana bir amaliy namuna boʻlib xizmat qiladi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring