Surxondaryoda tabiiy gaz “oʻgʻrilari” aniqlandi
Foto: Халқ сўзи
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan joriy yilning 20-noyabr kuniga qadar 68 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan isteʼmolchilar aniqlangan. Natijada 72 mln. 988 ming soʻmlik tabiiy gaz zarari uchun qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, shundan 32 mln. 560 soʻm tabiiy gaz zararini undirish boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar sudga taqdim etildi.
Navbatdagi reyd tadbirida Termiz shahar Dexotiy koʻchasi, 30-uyda yashovchi fuqaroning xonadonida vaqtincha ijarada turgan boshqa bir fuqaro isteʼmol qilingan tabiiy gazdan mavjud qarzdorlikni toʻlamasdan, belgilangan talablarga zid ravishda tabiiy gazdan foydalanib kelayotgani aniqlandi. Oʻrganishlarga koʻra, xonadonning 7 mln. 395 ming soʻm qarzdorligi aniqlanib, gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Mazkur koʻcha, 56-uyda yashovchi fuqaroning xonadoni koʻzdan kechirilganda, tabiiy gaz quvuriga rezina shlangi orqali noqonuniy ulanib olingani maʼlum boʻldi. Buning esa, tabiiyki, xavflilik darajasi yuqori va bu tarzda tabiiy gaz isteʼmoliga hech qachon yoʻl qoʻyilmaydi. Xonadon 12 mln. 323 ming soʻm qarzdorligi sababli “Billingaz” dasturidan oʻchirib qoʻyilgan boʻlsa-da, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan har ikkala holat boʻyicha fuqarolarga tegishli tushunchalar berildi. Uarning tabiiy gaz tarmogʻidan foydalanishi vaqtincha cheklandi.
Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring