Surxondaryoda sanoat korxonalari soni yana bittaga koʻpaydi

13:31 20 Dekabr 2024 Jamiyat
221 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Bandixon tumanida “Bandixon agroklaster” MCHJ tomonidan tashkil etilgan sunʼiy tola aralashmali ip kalava ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi.

Umumiy qiymati 18,4 mln. dollar boʻlgan ushbu loyihaning ishga tushirilishi natijasida 300 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Bu “Bandixon agroklaster” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning ikkinchi bosqichi boʻlib, bundan avval birinchi bosqichda umumiy qiymati 26 mlrd. soʻm boʻlgan 150 ish oʻrniga ega paxtani dastlabki qayta ishlab, tola olish korxonasi ishga tushirilgandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер