Surxondaryoda MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.Т.” MCHJ rahbari А.Т. va boshqalar MCHJning 841,8 mln soʻm debitorlik qarzdorligi mavjud boʻlsada, MCHJni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish va tugatishga doir ish yuritish jarayonida ushbu maʼlumotlarni yashirib, Termiz tumanlararo Iqtisodiy sudining tugatish toʻgʻrisidagi ajrimiga asosan 369,9 mln soʻm soliq qarzini hisobdan chiqarib, soliq va boshqa majburiy yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlab, MCHJni qasddan toʻlovga qobiliyatsizligiga (bankrotlikka) olib kelganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 184-moddasi (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) va 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring