Surxondaryoda kundoshini samosud qilgan opa-singillarga sud hukmi o'qildi
Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida qizi va opasi bilan birgalikda kundoshini samosud qilgan ayollarga jazo tayinlandi. Bu haqda “Zamon” informatsion-tahliliy dasturi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kundoshining sochlarini kesgan va tan jarohati yetkazgan ayol va uning opasiga jinoyat ishi boʻyicha Shoʻrchi tumani sudi tomonidan hukm oʻqildi. Unga koʻra ayblanuvchilarning har ikkisiga ham 3 yilu 6 oydan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Jabrlanuvchi ayol esa aybdorlarning 2 yoshga toʻlmagan bolasi borligi sabab sud hukmini oʻzgartirishni soʻradi. Ammo har ikki aybdorlarga oʻqilgan sud hukmi jabrlanuvchi iltimosiga qaramasdan qanoatlantirilmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring