Surxondaryoda 266 ta kabutarni noqonuniy ovlagan shaxs 32 million 585 ming miqdorida jarimaga tortildi
Foto: "Xalq so‘zi"
Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida 266 ta kabutarni noqonuniy ovlagan shaxsga sud hukmi oʻqildi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu fuqaro ovchilik guvohnomasi va ov quroli bilan 10 tagacha kabutar ovlashga ruxsatnomasi boʻla turib, boʻriga xoʻrak uchun 266 ta kabutarni noqonuniy ovlagan. Ushbu holat Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat inspeksiyasi va Jarqoʻrgʻon tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor reyd tadbirlarida aniqlangan.
Holat yuzasidan Jarqoʻrgʻon tuman sudi qarori bilan ushbu fuqaro 106 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Unga tegishli boʻlgan ovchilik guvohnomasi olib qoʻyilib, ov quroli davlat foydasiga musodara etilgan.
Shuningdek, 266 ta kabutarni oʻldirib, hayvonot dunyosiga yetkazgan zarari uchun 32 million 585 ming soʻm Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga undirish belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring