Surxondaryo viloyatida 2 ta isteʼmolchi 366 mln 120 ming soʻm miqdoridagi elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

01:32 01 Dekabr 2023 Jamiyat
656 0

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

Jarqoʻrgʻon tumanidagi “D. A. K.» xususiy korxonasiga qarashli oshxonaning elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulangani natijasida davlat manfaatlariga 272 mln 376 ming soʻm (605 ming 280 kVt⋅soat);

Jarqoʻrgʻon tumanidagi “J. P. B.» MCHJga qarashli oshxonada tabiiy gaz hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulangani natijasida davlat manfaatlariga 93 mln 744 ming soʻm (93 ming 744 metr kub), jami 366 mln 120 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер