Surxondaryo viloyati paxtakorlari respublikada birinchi boʻlib shartnomaviy rejani bajardi

23:59 18 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
1236 0

Arxiv surat

Surxondaryolik paxtakorlar respublikada birinchi boʻlib paxta topshirish boʻyicha shartnomaviy rejani bajardi. Yil boʻyi qilingan barakali mehnat evaziga fermer xoʻjaliklari tomonidan moʻl hosil yetishtirilib, 246 ming 350 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi. Yetishtirilgan hosilning aksariyat qismi yuqori navlarga sotildi.

Paxta hosilini yigʻib-terib olish uchun 2344 ta terim otryadida 164 ming nafardan ziyod terimchi jalb etildi, 1022 ta traktor va 2028 ta tirkama safarbar etildi.

Qishloq xoʻjaligi sohasini isloh qilish, tizim korxonalarini modernizatsiyalash, klaster faoliyatining keng yoʻlga qoʻyilgani muvaffaqiyatlar garovi boʻlib xizmat qildi. Xususan, viloyatning 13 ta tumanida 10 ta paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyat koʻrsatayapti.

- “Termiz Jayhun Cluster” MCHJ klaster tomonidan joriy yilda belgilangan reja 107 foizga bajarilib, 56 ming tonna paxta hosili olindi. Bu rejaga nisbatan 4 ming tonnaga koʻp, hosildorlik esa 37.4 sentnerga yetkazildi. Ilgʻor tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi, intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etilishi yuqori hosildorlikka erishish uchun asosiy omil boʻldi, -deydi klaster rahbari Akbar Xusanov.

Viloyatda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, gʻoʻzaning hudud tuproq-iqlim sharoitiga mos navlarining tanlab ekilgani, agro texnik tadbirlarning sifatli amalga oshirilishi moʻl-koʻl hosil garovi boʻldi.

Bu yil viloyatda gʻoʻzaning “Buxoro-102”, “Namangan-77”, “Besh qahramon”, “Sulton”, “Buxoro-10”, “Porloq-1” erta pishar, “Buxoro-8” va “Surxon-16”, “Surxon-103” ingichka tolali oʻrta pishar, “SP-1607”, “ST-1651” ingichka tolali istiqbolli navlar hamda 19 ta, shu jumladan, 5 ta ingichka tolali gʻoʻzaning yangi navlari ekib, parvarishlandi.

Hali ham ayrim dalalarda hosil moʻl, yigʻim-terim ishlari davom etmoqda.

Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер