Surxondaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lovozimiga Xidirova Zulxumor Abdirashidovna tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Z.Xidirova mehnat faoliyatini 1985-yilda Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Yulduzcha” bolalar bogʻchasi tarbiyachisi vazifasidan boshlagan.
1992-2006-yillarda tumandagi 7-umumtaʼlim maktabi, 2006-2015-yillarda 1-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi, 2015-2017-yillarda 1-umumtaʼlim maktabi direktori oʻrinbosari, 2017-2020-yilarda tuman hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, 2020-2021-yillarda tuman hokimining oʻrinbosari – mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Z.Xidirova tayinlovga qadar 2021-yildan Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring