Sugʻurta va elektron tijorat sohasidagi qonunchilik takomillashtirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Senatning yalpi majlisida sugʻurta xizmatlari bozorini va elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, raqamli xizmatlar orqali toʻlovlarni amalga oshirishni kengaytirish va toʻlov hujjatlariga sifatli hamda xavfsiz ishlov berish bilan bogʻliq moliyaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, sugʻurta sohasiga oid qonun hujjatlarining qabul qilinishi mazkur sohadagi qoidalarning bir xil qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida amaldagi qonun hujjatlaridagi meʼyorlarni muvofiqlashtirish zarurligini keltirib chiqarmoqda.
Bundan tashqari, elektron tijorat sohasi subyektlarining faoliyati samaradorligini oshirish, ushbu sohada tartibga solishni kuchaytirish, fuqarolar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida samarali davlat nazoratini taʼminlash zarurati ortib bormoqda.
Senatorlar qayd etganidek, ushbu Qonun bilan amaldagi qonunchilikka sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida vakolatli davlat organining nazorat vazifalarini kengaytirishni, sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilari faoliyatini tartibga solishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, Qonun bilan elektron tijorat operatorlari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi joriy etilib, mazkur faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida vakolatli davlat organini xabardor qilmaslik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Senatorlar oʻz chiqishlarida taʼkidlaganidek, Qonun bilan sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish orqali sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari va sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek, elektron tijorat sohasi takomillashtiriladi, operatorlar faoliyati ustidan samarali nazoratni yoʻlga qoʻyish hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taʼminlanadi.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring