Sudyalar oliy maktabi ochildi

18:54 04 Fevral 2019 Jamiyat
3880 0

Illyustrativ surat.

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qoshida Sudyalar oliy maktabi tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining shu yil 6 yanvardagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida ochilgan ushbu maktab sohaga yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.

— Qaror bilan sudyalik lavozimiga nomzodlarni tayyorlashning amaldagi tartibi tubdan oʻzgardi, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi Ubaydulla Mingboyev. — Qolaversa, mazkur maktab sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar huquq hamda erkinliklarini himoyalash, aholining odil sudlovga boʻlgan ishonchini mustahkamlash imkonini beradi.

Tadbir doirasida jinoyat ishi boʻyicha sud muhokamasini oʻtkazish hamda sud majlisi bayonnomasini yuritish toʻgʻrisidagi yangi metodik qoʻllanmaning taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

Sud muhokamasini oʻtkazish, sud majlisi bayonnomasini yuritish boʻyicha maslahatlar oʻrin olgan mazkur qoʻllanma sudyalik lavozimiga nomzodlar, sudyalar, sudya yordamchilari uchun odil sudlov sifatini oshirishda qoʻl keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер