Sudyalar oliy maktabi mansabdori pora bilan ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sudyalar oliy maktabi mansabdori pora bilan qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sudyalar oliy kengashi rasmiy bayonot berdi.
Unga koʻra, haqiqatdan ham Sudyalar oliy maktabining arxiv mudiri lavozimida ishlab kelgan (0.5 stavkada) A.S. muqaddam sudlangan shaxsga nisbatan qoʻllanilgan jazoning muayyan huquqdan mahrum qilish qismini tanishlari orqali bekor qildirib berishni aytgan. U bu ishi evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlangan.
“Biroq ayrim xabarlardagi qoʻlga olingan shaxs ushbu muassasa mansabdori va uning jinoiy xatti-harakatlari xizmat vazifasi bilan bogʻliq ekaniga oid taʼkidlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, deb yozadi Kengash matbuot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring