Sudyalar oliy kengashi tomonidan toʻrt nafar sudya ishdan boʻshatildi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekistonda yana 4 nafar sudya lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Sudyalar oliy kengashining qarori bilan:
— Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudining raisi Oʻktam Xoliqov;
— Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi Xilola Begaliyeva;
— Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻrgʻontepa tuman sudining raisi Isoqboy Ergashev;
— Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi Maʼruf Saidov oʻz arizalariga koʻra, lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Shuningdek, 2022-yil boshidan beri vazifasidan ozod etilgan sudyalarning soni 12 nafarga yetdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring