Sud tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Joriy yilning 11-yanvarOʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda 5 yillik vakolat muddati tugagan bir necha nafar sudyalarni yangi muddatga tayinlash, shuningdek ayrimlarini (vakolat muddatiga) qayta tayinlash masalasi koʻrib chiqildi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 6 nafar nomzod navbatdagi 10 yillik muddatga, yana uch nafar sudya vakolat muddatiga qayta tayinlandi, 2 nafari zaxiraga qoldirildi. Zaxirada qolganlarga bir oydan keyin yana bir bor oʻz omadini sinab koʻrish imkoniyati beriladi.
Shuningdek, kengash sudyalik faoliyatida xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 4 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ham muhokama qildi.
Pirovardida, ularning 3 nafarini intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berdi, bir nafariga nisbatan rad etdi.
Eslatib oʻtamiz, sudyalarga nisbatan intizomiy choralari (Sudyalar oliy kengashi rozilik bildirganidan soʻng) tegishli malaka hayʼatlari tomonidan qoʻllaniladi.
Demak, Sudyalar oliy kengashining tegishli qarorlariga muvofiq:
Jamshid Xayriddinovich Botirov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga;
Dilshod Tulkundjanovich Kamilov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudining raisi lavozimiga;
Dilmurod Abdumalikovich Madaminov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, besh yil muddatga Namangan viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Pop tuman sudining raisi lavozimiga;
Tulkin Mamaraimovich Abdiraimov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, besh yil muddatga
Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tuman sudining raisi lavozimiga;
Xabibullo Nematovich Sarmanov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, besh yil muddatga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Shirin shahar sudining raisi lavozimiga;
Sherzod Iskanovich Toshpulatov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
Luqmonboy Raxmatullayevich Asatov - sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Ruslan Zarifovich Zairov - sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlansin.
Bundan tashqari, Laziz Amrillayevich Abdullayev sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring