Sud ishdan boʻshatilgan xodimni ishga tikladi

10:49 12 Iyul 2024 Jamiyat
431 0

Saminjon HUSANOV“Xalq soʻzi”. Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasida katta hamshira vazifasida faoliyat yuritib kelgan T. I. 2023-yilda qonunga zid ravishda vazifasidan ozod etilgan edi. U oʻz lavozimiga qayta tiklanish uchun sudga murojaat qildi.

— Fuqaroning daʼvo arizasi oʻrganilib, unga nisbatan noqonuniy harakatlar qoʻllanilgani aniqlandi, — deydi MIB byurosining Paxtaobod tuman boʻlimi davlat ijrochisi Javohir Moʻydinov. — Sud Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi Diagnostika boʻlimiga katta hamshiralik ishi vazifasiga qayta tiklanishi yuzasidan qaror chiqardi. Shu yilning 7-iyul kuni qaror ijrosi taʼminlanib, fuqaro oʻz faoliyatini avvalgi ish joyida davom ettirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер