Stroganov nomidagi Rossiya akademiyasida Oʻzbekiston madaniy-tarixiy merosining 200 dan ortiq ashyolari aniqlandi
Stroganov nomidagi Moskva davlat sanʼat va sanoat akademiyasining sanʼat tarixi va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor Kirill Gavrilin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda Oʻzbekistonga tegishli ashyolarni qidirish va aniqlash ishlari muhokama qilindi.
— Oʻtgan yilning yozida Samarqandda boʻlib oʻtgan VI Kongressda ishtirok etish taklifi uchun Butunjahon jamiyatiga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Nafaqat dunyoning yetakchi sharqshunos olimlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlgan, balki “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston madaniy-tarixiy merosi obyektlarini izlash, aniqlash va nashr etish boʻyicha chuqur va tizimli ishlar olib borgani uchun ham tashakkur izhor qilmoqchiman.
Butunjahon jamiyati talabiga binoan va Stroganov nomidagi Rossiya davlat sanʼat va sanoat akademiyasi fondlarida oʻtkazilgan tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, bizda Oʻzbekistonga taalluqli 200 dan ortiq madaniy meros mavjud.
Eng katta fond esa Oʻzbekiston meʼmoriy kulolchilik buyumlari boʻlib, aftidan, XX asr boshlarida oʻzbek kulolchilik buyumlarini yigʻishni boshlagan taniqli rassom, kulolchi, texnolog, restavrator Aleksey Filippov kolleksiyasidir. Kundaliklardagi yozuvlarga koʻra, u hali Nikolay II davridayoq oʻzbek kulolchilik buyumlarini yigʻishni boshlagan. Bu kolleksiya yaqinda kashf etilgan boʻlib, u nafaqat asr boshlaridagi amaliy sanʼat namunalari, balki talabalar ekspeditsiyalari tomonidan Moskvaga olib kelingan 60-70 yillardagi kulolchilik buyumlari bilan ham namoyish etilgan, — deydi professor K. Gavrilin.
Qayd etilishicha, mamlakatimizga tegishli ashyolarni qidirish va aniqlashga bir necha oy vaqtni talab qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring