“Strasburg”dan remontado, “Shaxtyor” yarim finalda
Kecha, 16-aprel kuni futbol boʻyicha Yevropa Konferensiyalar ligasi musobaqasining chorak final oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasida boʻlib oʻtgan bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:
- “AZ Alkmaar” 2:2 “Shaxtyor”;
- “Strasburg” 4:0 “Mayns 05”;
- AYEK 3:1 “Rayo Valyekano”;
- “Fiorentina” 2:1 “Kristal Pelas”.
Shu tariqa dastlabki bahsda 2:0 hisobida magʻlub boʻlib, ikkinchi oʻyinda 4 ta gol kiritgan Fransiyaning “Strasburg”, Ukrainaning “Shaxtyor”, Angliyaning “Kristal Pelas” va Ispaniyaning “Rayo Valyekano” jamoalari musobaqaning yarim finaliga yoʻl oldi.
Ushbu bosqichda APL vakili “Kristal Pelas” Ukrainaning “Shaxtyor” klubi bilan, Ispaniyaning “Rayo Valyekano” jamoasi esa Fransiyaning “Strasburg” klubi bilan juftlik hosil qiladi.
Yevropa Konferensiyalar ligasi musobaqasining yarim final oʻyinlari 1–8-may kunlari boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring