Statistika maʼlumotlari asossiz ravishda yoʻq qilingan
Illyustrativ foto
Yaponiya mehnat vazirligi aslida doim saqlanishi kerak boʻlgan statistik maʼlumotlarni bir necha bor tashlab yuborgan. Ushbu faktlar oylik ish haqlari va ish soatlari toʻgʻrisidagi statistika qalbakilashtirilishiga oid yirik qingʻirliklar aniqlangandan soʻng maʼlum boʻldi, deb xabar berdi NHK.
Shu boʻyicha tuzilgan mustaqil komissiya taqdim etgan hisobotga koʻra vazirlik har oylik hisobotlar uchun tahlil qilishning notoʻgʻri uslublariga murojaat etgan.
Vazirlik aslida barcha yirik kompaniyalar maʼlumotlarini tahlil etishi kerak boʻlgan bir paytda Tokiodagi ayrim tashkilotlarni tadqiq qilish bilan kifoyalangan xolos.
Bu esa ishsizlik va ish bilan bogʻliq boshqa toʻlovlar miqdori belgilanganidan kam boʻlib qolishiga olib kelgan.
Tekshiruv chogʻida 2007 yildagi maʼlumotlar yoʻq qilingani maʼlum boʻldi. Aslida ularga tuzatishlar kiritilishi kerak boʻlgan.
Shunday ekan vazirlik aniq statistik maʼlumotlarga ega emas. Yetmagan summani hisob-kitob qilishda esa mutasaddilar mavjud maʼlumotlardan foydalanishga majbur boʻlyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring