Starmer Buyuk Britaniya Hoʻrmuz boʻgʻozi blokadasini qoʻllab-quvvatlamasligini maʼlum qildi
Buyuk Britaniya AQSHning Hoʻrmuz boʻgʻozini blokada qilish boʻyicha harbiy missiyasiga qoʻshilmaydi. Bu haqda Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Kir Starmer maʼlum qildi, uning soʻzlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.
“Biz blokadani qoʻllab-quvvatlamaymiz. Mening fikrimcha, boʻgʻozning yopiq emas, balki ochiq boʻlishi hayotiy muhim ahamiyatga ega. Bu bizdan uzoqdagi masala emas. Har safar boʻgʻoz yopilganda yoki erkin navigatsiya mavjud boʻlmaganda, bu gaz va neft bozorlarga kirib bormasligini, narxlar esa koʻtarilishini anglatadi”, — dedi u BBC efirida.
Starmer Buyuk Britaniya urushga tortilmasligini alohida taʼkidladi.
“Bu bizning milliy manfaatlarimizga toʻgʻri kelmaydi, chunki men aniq, qonuniy asos va yaxshi oʻylangan reja boʻlmaguncha harakat qilish niyatida emasman”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi Eron portlariga kiruvchi va u yerdan chiquvchi barcha dengiz trafigini blokada qilishni boshlashga vaʼda bergan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring