“Starlink” Venesuelaga bir oy davomida bepul internet taqdim etadi
“SpaceX” kompaniyasiga tegishli “Starlink” sunʼiy yoʻldosh internet tizimi Venesuela aholisini 3-fevralga qadar bepul va uzluksiz internet xizmati bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda.
Maʼlum qilinishicha, qaror Venesueladagi vaziyat fonida qabul qilingan. “SpaceX” asoschisi Ilon Mask bu tashabbusni Venesuela xalqini qoʻllab-quvvatlash istagi bilan izohlagan.

“Venesuela xalqini qoʻllab-quvvatlash uchun”, — deb yozdi Ilon Mask oʻzining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. U “Starlink” tomonidan eʼlon qilingan xabarni qayta joylashtirib, postiga Venesuela bayrogʻini ham qoʻshib qoʻygan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring