“Standard Chartered” transport sohasidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
Foto: «Xalq soʻzi»
Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev Buyuk Britaniyaning “Standard Chartered” bankining eksport boʻyicha rahbari Faruk Muhammad bilan uchrashdi.
Uchrashuvda transport sohasida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama etildi.
F.Muhammad yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda katta tajribaga ega “Standard Chartered” kredit mablagʻlari va pudrat tashkilotlarini jalb etgan holda Oʻzbekistonda transport va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotganini maʼlum qildi.
Xususan, bank Toshkent – Andijon, Toshkent – Samarqand pullik avtomobil yoʻllarini, Toshkent – Samarqand tezyurar temir yoʻl liniyasini qurish hamda mahalliy aeroportlarni modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini koʻrib chiqayotganini taʼkidladi.
Oʻzbek tomoni ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va tender hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng DXSH loyihalarini amalga oshirishda bank bilan belgilangan tartibda hamkorlikda ishlar tashkil etilishini taʼkidlab oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring