SSV: Rishtonda kaltaklangan shifokor holati vazirlik nazoratiga olindi

15:00 17 Noyabr 2022 Jamiyat
483 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Rishtonda tez yordam xodimi kaltaklanganiga doir xabarlar tarqaldi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Joriy yil 12-noyabr kuni soat 04:00 larda Fargʻona viloyati, Rishton tumani, “Oqtomir” MFY hududida yashovchi fuqaro T.T. tuman tez tibbiy yordam boʻlimiga qoʻngʻiroq qilib, otasi — 1942-yilda tugʻilgan T.Gʻ. ning sogʻligi yomonlashganligini maʼlum qilgan.

“Tez yordam” xodimlari xonadonga yetib borib, bemorga birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan. Uning qon bosimi koʻtarilgani sababli tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilayotganida bemor T.Gʻ. vafot etgan.

Otasi hayotdan koʻz yumganidan gʻazablangan T.T. va uning oʻgʻli Gʻ.X.lar tez tibbiy yordam xodimi B.Z.ni sababsiz urib, unga tan jarohati yetkazgan.“Tez yordam” shifokori olgan jarohati sababli shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga yotqizilgan.

Tegishli tibbiy tekshiruvlardan soʻng unga “Oʻng koʻz orbitasi medial devori oʻrta va orqa yuzasi sinib siljishi. Gemosinus. Chap orbita medial devori deformatsiyasi. Burun toʻsigʻi qiyshayishi. Oʻng koʻz olmasi kontuziyasi. Toʻrparda angiopatiyasi. Oʻng qosh sohasi yirtilgan jarohati. Oʻng koʻz qovoqlari lat yeyishi” dastlabki tashxisi qoʻyilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu holatni oʻz nazoratiga olgan va hozir bemor-shifokorning ahvoli qoniqarli, tegishli davo muolajalari davom ettirilmoqda.

Mazkur hodisa yuzasidan Rishton tuman ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер