SSV: Oʻzbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 43 million dozadan oshdi
Hozirgina yurtimizga 301 860 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi.
Shunday qilib, yurtimizda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 43 107 478 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
— 2 254 480 dozasi AstraZeneca;
— 32 431 838 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
— 1 128 500 dozasi “Sputnik V”;
— 3 000 060 dozasi Moderna;
— 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
— 1 976 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.
Shundan 34 874 583 dozasi emlash jarayonlarida qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring