SSV: Koronavirusga qarshi vaksinaning 2022-yilgi ilk yarim million dozalik partiyasi yurtimizga olib kelindi

10:30 10 Yanvar 2022 Jamiyat
1147 0

Bugun yurtimizga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Bu 2022-yil hisobidan keltirilgan ilk vaksinadir.

Shunday qilib, Oʻzbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 536 768 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

2 404 480 dozasi AstraZeneca;

37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;

1 341 790 dozasi “Sputnik V”;

3 500 460 dozasi Moderna;

2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;

1 976 000 dozasi Sinovac;

207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan qariyb 40 million dozasi emlash jarayonlarida qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер