SSV: Koronavirus bilan xastalanganlarning 18 nafari infeksiyani xorijda boʻlib qaytgan 30 nafar fuqarodan yuqtirgan

15:04 24 Mart 2020 Jamiyat
827 0

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 30 nafari chet elda boʻlib qaytgan. 18 nafar fuqaro ular bilan yaqin muloqotda boʻlib, “COVID-19”ni yuqtirib olgan. Hozirda 1 nafar ushbu kasallikka chalingan 20 yoshli fuqaroni qaysi holatda ushbu infeksiyani yuqtirganligi aniqlanmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, bir nafar xorijda boʻlgan fuqarodan uning 14 nafar oila aʼzolari va yaqinlariga ushbu infeksiya oʻtgan. Yana bir misol, xorijda boʻlgan er-xotindan 7 nafar oila aʼzolariga koronavirus infeksiyasi yuqqan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15-mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan.

Keyinroq London, Istanbul, Dubay va Moskvadan kelgan aviareyslar yoʻlovchilarida va ular bilan muloqotda boʻlganlarda virus aniqlandi. 22-martda ular qatoriga Shveysariyada boʻlib qaytgan bemor ham qoʻshildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер