SSV: Bir sutkada “tez yordam”ga 40 801 ta chaqiriq boʻldi
Sogʻliqni saqlash vazirligi Shtabiga kelib tushgan maʼlumotlarga koʻra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariga sutka davomida 2756 ta murojaat kelib tushdi.
Gospitalizatsiya qilingan bemorlar soni – 1093 nafar.
Oʻtgan kecha-kunduzda “103” xizmatida 2751 ta tibbiyot brigadasi faoliyat koʻrsatdi.
“Tez yordam”ga 40 801 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng koʻp chaqiriqlar:
— Fargʻona viloyati — 4949 ta
— Andijon viloyati — 4598 ta
— Namangan viloyati — 4284 ta
—Toshkent shahar — 4061 ta
Koronavirus aniqlangan bemorlar:
— 18 yoshgacha — 10 nafar
— kattalar — 48 nafar
— jami — 58 nafar
Shundan 37 nafari shifoxonaga yotqizildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring