«SSCRda ishlab chiqarilgan transformatorlar» rejasi fosh etildi

11:33 20 Avgust 2021 Jamiyat
793 0

Iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, tovar-moddiy boyliklarning yurtimiz hududiga noqonuniy tarzda olib kirilishiga qarshi kurashish borasida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan Rossiya davlatidan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan “transformator”lar bojxona posti xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida qiymati 146,2 mln.soʻmni tashkil etuvchi transformatorlarning yuk hujjatlarida, yorliqlarida 2020-yilda ishlab chiqarilgan deya koʻrsatilgan boʻlsada, aslida muqaddam foydalanishda boʻlganligi, uning qismlarida esa “SSCRda ishlab chiqarilgan” yozuvlari mavjudligi, transformator yorliqlari esa qayta boʻyalganligi aniqlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ 4422-son qaroriga koʻra, 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер