Ixtisoslashgan sport maktablarining oddiy sport maktabidan farqi qolmaganiga eʼtiroz bildirildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida ixtisoslashgan sport maktablarining oddiy sport maktabidan farqi qolmaganiga eʼtiroz bildirildi.
Masalan, Termiz shahridagi 4 ta ixtisoslashgan maktabning natijasi Jarqoʻrgʻondagi bitta sport maktabichalik boʻla olmayapti. Jarqoʻrgʻon sport maktabi oʻtgan yili Osiyo va jahon chempionatlarida 6 ta sovrin olgan boʻlsa, viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktabda esa jami 1 ta medal mavjud.
Har bir ixtisoslashgan sport maktabi direktori, jamoasi va murabbiylarning ish uslubini oʻzgartirib, oʻsish nuqtalarini aniq belgilab, oylik maoshini oʻquvchisining natijasiga bogʻlash zarurligi taʼkidlandi.
Mutasaddilarga yutuqlarga erishgan sport maktablarini amaldagi ragʻbatlantirish miqdoriga qoʻshimcha yana 500 million soʻmdan alohida mukofotlashni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring