Sport maktablari ayrim xodimlarining maoshi oshadi

12:13 21 Noyabr 2019 Jamiyat
1452 0

Illyustrativ foto

“Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5 yilda attestatsiyadan oʻtkaziladi.

2020-yil 1-yanvardan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy gvardiya tasarrufidagi sport maktablarining direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, trener, instruktor-metodistlari hamda olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining trener, instruktor-metodistlarining bazaviy

tarif stavkalari oʻrtacha 1,35 baravarga oshiriladi.

Qaror bilan Trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun belgilangan namunadagi ruxsatnoma beriladi.

Ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun toʻlov kunidagi BHMning bir barobari hisobida (223 000 soʻm) toʻlov undiriladi.

Quyidagi shaxslarga attestatsiyadan oʻtmasdan va toʻlovni undirmagan holda trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma cheklanmagan muddatga beriladi:

- “Xizmat koʻrsatgan sport ustozi” va “Xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”, “Xalq oʻqituvchisi”, “Oʻzbekiston iftixori”, “Xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvonlariga hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlganlar;

- olimpiya va paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari hamda ularning trenerlari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер