Spirtli ichimlik virusni yoʻqotadimi?

19:45 22 Iyul 2020 Jamiyat
2055 0

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus kasalligini davolash boʻyicha aholi orasida turli maslahatlar, jumladan, spirtda namlangan dokani hidlash va spirtli ichimlik isteʼmoli virusni yoʻqotishga yordam berishi borasida tavsiyalar koʻpaydi. Bu haqiqatda virusni davolashda yordam beradimi?

Ushbu savolga virusolog Raʼno Qosimova “Milliy” telekanalida efirga uzatilgan “Tez yordam” koʻrsatuvida qoʻllarni spirt yordamida dezinfeksiyalash misolida javob berdi:

– Qoʻlga spirtli aralashmalar ishlatamiz. Uni shunchaki, yengilgina surish yetarli emas. Yaxshilab spirt bilan namlab, kaft va orqa tomonlari bilan bir necha marta surish kerak. Boisi, spirt qoʻlni butunlay qoplab olishi kerak, – deydi R.Qosimova. – Va qoʻlda ozigina vaqt turishi zarur. Spirtli ichimlik ichilganda u darrov ichga tushib ketadi. Xulosa shuki, aholi orasida uchrayotgan bu boradagi fikrlar ham xuddiki, “xren”ga oʻxshab shunchaki mish-mish gap!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер