Spiker N. Ismoilov M.Sederfelt boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi

09:03 27 Oktyabr 2021 Siyosat
876 0

Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov Yevropada xavfsizlik hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi raisi Margareta Sederfelt boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida N. Ismoilov Margareta Sederfeltni Parlament Assambleyasi raisi lavozimiga saylangani bilan samimiy qutlab, unga muvaffaqiyat tiladi.

Yuqori martabali mehmonlarga bugungi kunda mamlakat hayotining barcha jabhasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati xususida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, mamlakatimiz parlamentining qonunchilik faoliyati, norma ijodkorligi, qoʻmita va fraksiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida soʻzlab berildi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, bugungi kunda Oʻzbekiston YEXHT bilan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash kabi masalalar boʻyicha hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

Oʻz navbatida, Margareta Sederfelt samimiy uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash, doimiy ravishda muloqot olib borish muhimligi, bu boshqa yoʻnalishlardagi hamkorlikning rivojlanishiga asos boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.

Suhbat davomida yurtimizda boʻlib oʻtgan saylov jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilgani, aholining siyosiy madaniyati yuksalib borayotgani, xususan, ilk bor ovoz berayotgan yoshlarning faolligi kuzatilgani taʼkidlab oʻtildi. Ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan saylovchilarga yaratilayotgan sharoitlar eʼtiborga molik ekani qayd etildi.

Konstruktiv va amaliy ruhda kechgan muloqotda Oliy Majlisning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, buning uchun mushtarak maqsadlar yoʻlidagi kuch-gʻayratni birlashtirish masalalari muhokama etildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер