Chirchiqda “kaskadyor qizning romantik sayohati” qanday yakun topdi?

18:10 29 Iyun 2021 Jamiyat
1976 0

Ijtimoiy tarmoqda «Kaskadyor qizning romantik sayohati — kameraga tushib qolibdi-ku» sarlavhasi ostida tarqalgan fotolavha yuzasidan YHXBB maʼlumot berdi.

"Holat, Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi va ushbu avtoulov aniqlandi.

Ushbu hodisa Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 26-iyun kuni sodir etilgan boʻlib, haydovchi salonidagi yoʻlovchini xavfsizligini taʼminlamaganligi va yoʻl harakati qoidalarining 11-bandida (harakatlanishni boshlashdan oldin yoʻlovchilar transport vositasida joylarini egallaganligiga ishonch hosil qilishi va yoʻlovchilarni harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish taqiqlanganligi toʻgʻrisida ogohlantirishga majburligi) koʻrsatib oʻtilgan talablarni bajarmaganligi uchun haydovchiga nisbatan MJtKning 128(5) moddasiga asosan (Transport vositalari haydovchilarining yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, yaʼni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi) maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Chirchiq shahar IIB YHXB tomonidan olib borilgan surishtiruvlar jarayonida haydovchi transport vositasidan tana qismini chiqarib olgan fuqaroni tanimasligini aytib oʻtgan.

Hozirda ushbu maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroni aniqlash ishlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер