O‘zbekistonda yana bitta uyushma tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi tegishli qarori bilan Soya yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi.
Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi. Hujjat bilan Uyushmaning asosiy vazfalari ham beligilab berildi.
Unga ko‘ra, Uyushma soya yetishtirishni tashkil etishni kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, yagona ilmiy-texnik, texnologik va investitsion siyosatning amalga oshirilishiga ko‘maklashishi belgilandi.
Fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil a’zo bo‘lishi mumkin va uning tarkibidan chiqish
huquqiga ega.
Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring