Sovuq qurolning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi
Amaldagi qonunchilik talablariga koʻra, oʻqotar qurol, oʻq dorilar, pnevmatik, signal beruvchi, oʻz-oʻzini himoya qilish qurollarini tegishli litsenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz olib yurish, realizatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki undan olib chiqish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtish uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlik belgilangan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tezkor vakillari tomonidan DXX, IIV bilan hamkorlikda xizmat iti yordamida Nukus shahrida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida, Oʻzbekiston fuqarosi oʻzining yashash xonadonida tadbirga jalb qilingan “Shartli xaridor”ga
2 million soʻm pul mablagʻi evaziga 1 dona, 1 stvolli, 20 kalibrli “IJ-18-Ye” markali ov miltigʻini va 99 dona “Record 5” 70 mm yozuvli gilzalarini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatilib, tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib vaqtincha saqlovga olindi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring