Sovet davrida uchirilgan kosmik apparat Oʻzbekiston hududiga qulashi mumkin

11:06 07 May 2025 Jamiyat
507 0

Illyustrativ foto

Sovet davrida uchirilgan “Kosmos-482” sayyoralararo kosmik apparatning yerga qulashi bilan bogʻliq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga “Uzcosmos” vakili munosabat bildirdi.

Ahror Agzamovning ma'lum qilishicha, 1972-yil 31-mart sanasida Sobiq Sovet Ittifoqining “Venera” dasturi boʻyicha uchirilgan “Kosmos-482″ sayyoralararo kosmik apparati raketa-tashuvchining yakuniy bosqichda muvaffaqiyatsiz ishlashi oqibatida Yer orbitasida qolib ketgan.

Taxminlarga koʻra, apparatning yerga qulashi 9-11-may kunlariga toʻgʻri kelishi mumkin. “Kosmos-482″ning aniq qayerga qulashini aytish biroz mushkul. Uning Oʻzbekiston hududiga tushishining ehtimoli esa hozircha 0,3-0,5% oraligʻida ekani aytildi.

Apparatning katta qismi atmosferaga kirishi bilan yonib ketsa-da, Veneraning ogʻir sharoitlarida qoʻnish va ishlash uchun moʻljallangan yarim tonnaga yaqin titan shari xavfli boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер