Sotish maqsadida vodiyga olib ketilayotgan sifatsiz tamaki mahsulotlari toʻxtatib qolindi
Toshkent viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari toʻxtatib qolindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tezkor tadbir davomida muqaddam sudlangan fuqaro O.Q.ning boshqaruvidagi “Captiva” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilgan. Aniqlanishicha, avtotransport vositasi salonida turli nomdagi 7 ming 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida vodiy viloyatlariga olib ketayotgani aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring