Soʻnggi oʻn bir oyda qaysi hududdan “Tez yordam”ga eng koʻp chaqiriq boʻldi?
Mamlakatimizda shakllangan tez tibbiy yordam xizmati aholiga sifatli va zamon talablariga mos xizmat koʻrsatish imkonini bermoqda.
Buni esa 2023-yilning oʻtgan oʻn bir oyi davomida “103” xizmatiga boʻlgan chaqiriqlar sonidan ham bilish mumkin.
— Joriy yil yanvar-noyabr oylarida “Tez yordam”ga yurtimiz boʻyicha jami 12 million 330 ming 509 ta chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Shundan jami 817 ming 132 nafar katta yoshli, 310 ming 274 nafar kichik yoshli bemorlar shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.
Eng koʻp murojaatlar:
Fargʻona viloyatida — 1 336 301 ta;
Andijon viloyatida — 1 244 119 ta;
Toshkent shahrida — 1 244 015 ta;
Toshkent viloyatida — 1 183 787 ta;
Namangan viloyatida — 1 145 109 ta qayd etilgan.
Eng kam chaqiriq Navoiy (380 977 ta ), Sirdaryo (451 261 ta) va Jizzax (499 042 ta) viloyatlarida kuzatilgan.
Maʼlumot uchun, oʻtgan 2022-yil yanvar-noyabr oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga jami 11 million 735 ming 450 ta murojaat kelib tushgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring