Soʻnggi besh yilda qurilish sohasi iqtisodiyotimizning “drayver” yoʻnalishiga aylandi
Davlatimiz rahbari raisligida qurilish va ipoteka sohalarida islohotlarni jadallashtirish hamda arxitektura yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
Yigʻilishda soʻnggi besh yilda qurilish sohasi iqtisodiyotimizning “drayver” yoʻnalishiga aylangani taʼkidlandi.
— 250 ming xonadonli 8 mingdan ortiq koʻp qavatli uylar, 21 ming servis-xizmat koʻrsatish va 10,5 ming ijtimoiy soha obyekti qurildi, 31 ming korxona tashkil etildi;
— qurilishda ruxsat berish jarayonlari 17 tadan 6 tagacha, yer ajratishdan boshlab qurilishga ruxsat olishgacha boʻlgan muddat 286 kundan 86 kunga qisqardi;
— “Shaffof qurilish” dasturi yaratilib, tenderlarda qatnasha oladigan qurilish korxonalari soni 18 mingga yetdi;
— natijada qurilish ishlari hajmi 4 baravarga oshib, 2021-yilda 107 trillion soʻmni, joriy yil 5 oyida esa 46 trillion soʻmni tashkil etdi.
“Ochiq aytish kerak, tadbirkorlarimiz qurilish qilish va qurilish materiallari ishlab chiqarishni oʻrganib oldi. Lekin sohada hali yechimini kutayotgan eng katta masala, bu – loyihalash va sifat.
Loyihalarga toʻgʻri yechim topish, mahalliy materiallarni ishlatish orqali qurilish qiymati va tannarxini bemalol 10 foizga kamaytirsa boʻladi.
Bu har yili 10 trillion soʻmni iqtisod qilib, boshqa ehtiyojlarga ishlatish mumkin, degani”, deb taʼkidladi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring