So‘nggi 2 oyda Xalqaro IT-sertifikat olganlarga 2.9 mlrd. so‘m kompensatsiya to‘lab berildi

16:16 28 Fevral 2025 Jamiyat
231 0

Illyustrativ foto

Xalqaro IT-sertifikatga kompensatsiya olish uchun 2024-yilda 76 nafar IELTS sertifikati bor yoshlar ariza qoldirgan bo‘lsa, joriy yil yanvar-fevral oylarining o‘zidayoq bu ko‘rsatgich 77 nafarga yetdi.

Qolaversa, hududlar kesimida xalqaro IT-sertifikat uchun ketgan xarajatlarni kompensatsiya qilish uchun eng yuqori natija Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Kompensatsiya olayotgan yoshlar o‘rtasida qizlar soni yil sayin ortib bormoqda. 2022-yilda umumiy kompensatsiya oluvchilar ichida 9.8 % qismini qizlar tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil so‘nggi 2 oyining o‘zidayoq ushbu ko‘rsatgich 44 % ga ko‘tarilgan.

“Sensorika”, “Brain power evolution”, “Fina school” o‘quv markazi bitiruvchilari esa so‘nggi ikki oyda eng ko‘p kompensatsiya olish uchun ariza qoldirishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер