Soʻnggi 10 yil ichida Xitoy aholisi qanchaga koʻpaygani maʼlum qilindi
Foto: AP
Xitoy aholisi 1 milliard 411 million 780 ming kishiga yetdi. Mamlakat aholisi soni 72 million nafarga yoki 2010-yilga nisbatan 5,38 foizga koʻpaygan. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi maʼlum qildi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, belgilangan davrda oʻrtacha aholi yiliga 0,53 foizga oʻsgan. Shu bilan birga, 2000-yildan 2010-yilgacha boʻlgan davrda oʻrtacha yillik oʻsish yuqori boʻlib, 0,57 foizni tashkil etgan.
Aholini roʻyxatga olish shuni koʻrsatdiki, Xitoyda 723 million 339 ming 956 erkak va 688 million 438 ming 768 ayol yashaydi.
Xitoyning mehnatga layoqatli aholisi (16 yoshdan 59 yoshgacha) 880 million kishini tashkil qiladi. Mamlakat aholisining oʻrtacha yoshi hozirda 38,8 yoshni tashkil etmoqda.
Aholi soni boʻyicha Xitoy dunyodagi barcha mamlakatlar orasida birinchi oʻrinda qolmoqda. Ikkinchi va uchinchi pogʻonalarda Hindiston (1,389 milliarddan ortiq) va AQSH bormoqda (331 milliondan ortiq).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring