Somon qoldigʻini yoqqan shaxs jarimaga tortildi

16:53 12 Iyul 2024 Jamiyat
402 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanining Axsi mahallasida yashovchi fuqaro М.А. paykalni somondan tozalashning oson yoʻlidan borib, dalaga oʻt qoʻyib yubordi. Ekologiya xizmati xodimlari, mahalliy aholi kuchi bilan alanga oʻchirildi. Qonunbuzarga amaldagi tartibga koʻra, 1020000 soʻm jarima belgilandi.

— Joylarda somon maydonlarini yoqib yuborish bilan bogʻliq 40 dan ortiq holat aniqlandi, — deydi Namangan viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi rahbari Abdulboqi Ahmedov. — Aybdorlarga nisbatan 191,8 million soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер