Soliq toʻlovchilarga qaytarilgan QQS summasi 10 trillion soʻmdan oshdi – Fiskal tahlillar

16:48 22 Iyul 2024 Jamiyat
293 0

Soliq toʻlovchilarga qaytarilgan QQS summasi 10 trillion soʻmdan oshdi. Bu haqda “Fiskal tahlillar” portali xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida jam 4 ming 641 ta ariza boʻyicha 2 ming 798 ta tashkilotga 10 trillion 693,8 million soʻm QQS qaytarilgan.

Eng koʻp qaytarilgan QQS sohalar kesimida quyidagicha ketma-ketlikda joylashgan:

1. Ishlab chiqarish (5 trillion 191,3 milliard soʻm);

2. Xizmat koʻrsatish (1 trillion 351,1 milliard soʻm);

3. Savdo (614,8 milliard soʻm).

“Fiskal tahlillar” portaliga koʻra, qoplab berilgan QQS summasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,3% oʻsgan.

Avvalroq, energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер