Soliq qoʻmitasida kvest-trening tashkil etildi
Yangilangan Mehnat kodeksi talablari asosida mehnat unumdorligini oshirishga bagʻishlangan treningda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari tashkilot xodimlarini jamoalarga boʻlishdi.
Jamoalar tomonidan “Ideal rahbar”, “Ideal soliqchi” va “Ideal tadbirkor” kabi mavzularda taqdimotlar tayyorlandi va har bir guruh oʻz pozitsiyasini himoya qildi.
Trening davomida ishtirokchilarning nazariy bilimlari ham oshirildi.
Shuningdek, ular jamoa boʻlib ishlash, oʻzaro fikr, tajriba va gʻoya almashish imkoniyatiga ham ega boʻlishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring