Soliq huquqbuzarligi haqida xabar berganlarga 33,5 milliard soʻm pul toʻlangan

11:45 27 Noyabr 2023 Jamiyat
309 0

Soliq qoʻmitasining maʼlum qilishicha, joriy yilning yanvar—oktyabr oylarida soliq huquqbuzarliklari haqida 102 089 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:  94 765 tasi xarid cheki bermaslik; 

4 020 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik; 

200 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

3 104 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlar asosida 40 833 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,4 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan. Huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilda 40 685 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20 foizi) 33,5 milliard soʻm mukofot puli toʻlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер