Soxta ruxsatnoma yasab, undan foydalangan haydovchiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

21:40 05 Aprel 2020 Dunyo
955 0

Joriy yilning 2-aprel kuni soat 16:40 larda Andijon viloyati IIB YHXB inspektori E.Yuldashev Andijon shahar, Mashrab koʻchasi, Lermontov chorrahasida haydovchi 1999-y.t. S.D. boshqaruvida boʻlgan “Spark” rusumli 60 M 304 NA davlat raqam belgili transport vositasini toʻxtatib, avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarini soʻragan vaqtida haydovchi S.D. Toshkent shahar hokimligi tomonidan berilganligini aytib, “Karantin Sovid-19” yozuvli 01/0000916 raqamli maxsus ruxsatnomani koʻrsatgan.

Surishtiruv ishlariga koʻra, ushbu ruxsatnoma qalbakilashtirilib tayyorlanganligi maʼlum boʻlgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB TB tomonidan fuqaro S.D.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер